Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Farg'ona davlat universiteti Kengashining 5- sonli yig'ilishi

09:09, 27.12.2024      

Bugun Farg'ona davlat universiteti Kengashining 5- sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.Yangi yil bayrami shukuhi bilan boshlangan yig'ilish avvalida ilmiy darajalar va unvonlarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilar munosib taqdirlandilar. Taqdirlangan jamoa a'zolari safida: Oliygohlar tarixida ilk bor proliga o'yinlari darajasiga ko'tarilgan "FarDU" sport klubi a'zolari, shuningdek, mamlakatfutboli rivojiga o'z hissasini qo'shib, oliygohda futbol sport turini kuchaytirish va yoshlarni futbolga qiziqishlarini oshirishga keng sharoit yaratib berayotgan rektor Bahodirjon Shermuhammadov, Respublikada "Zakovat" intellektual o'yini natijalari bo'yicha umumjamoa hisobida 2-o'rinni qo'lga kiritgan va "Prezident sovg'asi" sohibi bo'lgan universitetimiz vakillari, Joriy yil davomida FarDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti faoliyatini samarali yo'lga qo'ygan yetakchi yoshlarimiz ham taqdirlandilar.

Kengash rasmiy qismda o'z ishini boshlar ekan, bunda kun tartibida:

Yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, universitetning 2024-yildagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni ijrosi, joriy yilda ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi, fakultetlar va kafedralar reytingi natijalari tahlili, shunindgek, turli tashkiliy masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, Kengash majlisida Farg‘ona davlat universiteti kafedralarining 2024-yildagi asosiy faoliyat samaradorligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. Natijalar tahlili asosida 2025-yil uchun har bir kafedrani reyting ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash bo‘yicha professor-o‘qituvchilar kesimida strategik reja ishlab chiqish va ijrosini sifatli ta’minlash topshirig‘i berildi.