Farg‘ona davlat universitetida professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati tobora ortib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida bu ko‘rsatgich sezilarli darajada ko‘tarildi. Dekabr oyining o‘zida bir qancha fakultetlarda himoyalar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, joriy yilning 26-dekabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12 raqamli Ilmiy kengashda talabgor- Fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasi dotsenti Rasulov Vahobjon Rustamovichning «Ikki va uch o‘lchamli p’yezoyarimo‘tkazgichlarda fotonli-kinetik effektlar» mavzusidagi 01.04.10 - Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi 100% ovoz bilan himoya qilindi.
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi - Abdullayeva Nigora Shavkatovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili ) ixtisosligi bo‘yicha “Tezaurus texnologiyasi asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi (tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitish misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.
Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi- Sirtqi bo'lim Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Raximova Qizlarxon Ne’matjon qizining «Tadbirkorlik sub’ektlarida «yashil» biznes faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish masalalari (Farg‘ona viloyati ipakchilik korxonalari misolida)» mavzusidagi 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.05.2020.I.66.03 raqamli Ilmiy Kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.
Farg'ona davlat universiteti Tarix fakulteti Sotsiologiya kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Yulbarsova Hurshida Abdullajonovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak sotsiologlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 100 foiz ovoz bilan himoya qilindi.
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi- Ashurova Oygul Anvarjonovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.02.2023.B.60.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.