Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati birinchi majlisidagi nutqlari mazmun-mohiyatini keng o'rganishga qaratilgan seminarlar tashkil etildi. Seminarlar barcha fakultetlar kesimida bo‘lib o‘tdi. Bunda Davlatimiz Rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati birinchi majlisidagi nutqari mazmun-mohiyati professor-o'qituvchilar davrasida chuqur o'rganildi. Bugungi parlament kechagi parlament emasligi, uning faoliyati hamisha Prezident diqqat markazida bo'lib kelganligini alohida ta’kidlandi.
Seminar davomida mamlakatni yaqin istiqbolda rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishlari, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatiga taalluqli aniq takliflari batafsil o'rganib borildi. O'quv ishtirokchilari yakuniga yetgan 2024-yilda davlat hokimiyati organlari erishgan yutuq va natijalar, joriy yilda davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar taqdimoti bilan to'liq tanishib chiqdilar. Shuningdek, professor-o'qituvchilarimiz milliy parlamentning 2030-yilgacha faoliyat ko‘rsatuvchi ustuvor yo‘nalishlarini batafsil o'rganildi.