Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Diqqat, Tanlov!

14:50, 08.01.2025      


“O‘zbegim o‘g‘lonlari” mavzusidagi ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi!

14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan yana bir qiziqarli tanlovga talaba-yigitlarni chorlab qolamiz!

Ko‘rik-tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi. Tanlovning birinchi, fakultet bosqichi – 2025-yil 8-13-yanvar kunlari, ikkinchi universitet bosqichi 2025-yil 16-yanvar kuni o‘tkaziladi.

Tanlovlarning fakultet bosqichi g‘oliblari fakultet dekanati tomonidan hamda universitet bosqichi g‘oliblari universitet rektorining I, II, III-darajali Diplomi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar biriktirilgan tyutor, murabbiy yoki fakultet dekanining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat etishingiz mumkin.

Farg‘ona davlat universiteti talaba-yigitlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “O‘zbegim o‘g‘lonlari” mavzusidagi ko‘rik-tanlov

NIZOMI

Umumiy qoidalari

1. Mazkur nizom “O‘zbegim o‘g‘lonlari” mavzusidagi ko‘rik-tanlov (keyingi o‘rinlarda – ko‘rik-tanlov)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Ko‘rik-tanlovni fakultet bosqichini tashkil etish va o‘tkazish yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, universitet bosqichini o‘tkazish jarayoni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma'rifat bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘rik-tanlovda kunduzgi, sirtqi va magistraturada tahsil olayotgan talaba-yigitlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning universitet bosqichida fakultetlar, sirtqi va magistratura bo‘limlarida 1-o‘rinni olgan talaba-yigitlar ishtirok etadi.

II. Tanlovlarning maqsad va vazifalari

5. Tanlovlarni o‘tkazishdan maqsad – talaba-yoshlarni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-dekabrdagi F-62-son farmoyishi hamda Farg‘ona davlat universitet rektori tomonidan 2024-yil 18-dekabrda tasdiqlangan “Farg‘ona davlat universitetida “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlovlarning vazifalari:

- talaba-yoshlarda vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish;

- “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyilining mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish;

- so‘nggi yillarda Qurolli Kuchlarning harbiy-jangovar qudratini oshirish hamda ma’naviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini keng targ‘ib qilish;

- talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

- iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari

“O‘zbegim o‘g‘lonlari” ko‘rik-tanlovi ikki bosqichda tashkil etiladi.

Birinchi, fakultet (bo‘lim) bosqichi – 2025-yil 9-13-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Ikkinchi, universitet bosqichi – 2025-yil 16-yanvar kuni o‘tkaziladi.

III. Ko‘rik-tanlov shartlari va talablari

1-shart. Tanishtiruv sharti. Ushbu shartda ishtirokchi o‘zi tahsil olayotgan fakultet (bo‘lim) va o‘zi (yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha namunaviy ishlari va erishgan yutuqlari) to‘g‘risida chiqish qilib, ma’lumot beradi. Ushbu shartni bajarishga 4 daqiqa vaqt beriladi. Mazkur shart 10 ballik mezonda baholanadi.

2-shart. Savol-javob sharti. Mazkur shartda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tizimiga oid tuzilgan 5 ta savolga javob beradi. Savolga javob topish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javobga 1 balldan beriladi.

3-shart. Erkin mavzu sharti. Ishtirokchilar mazkur shartda vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq, she’r, monolog va boshqa badiiy sahna chiqishlarini namoyish etadi. Ushbu shartni bajarishga 4 daqiqa vaqt beriladi. Mazkur shart 10 ballik mezonda baholanadi.

Shartlarni bajarishda ishtirokchining sahna va kiyinish madaniyati, nutqi, o‘zini tuta bilishi, boshqa ishtirokchilarga nisbatan hurmat ko‘rsatishi inobatga olinadi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar jami 25 ballik tizimda baholanadi.

IV. G‘oliblarni rag‘batlantirish

Ko‘rik-tanlovning fakultet bosqichi g‘oliblari fakultet dekanining I, II, III darajali diplom bilan taqdirlanadi va universitet bosqichiga tavsiya etiladi.

Universitet bosqichi g‘oliblari universitet tomonidan I, II, III darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.

V. Yakuniy qoidalar

Tanlov o‘tkazishjarayonlari bilan bog‘1iq nizolar belgilangan tartibda tanlov o‘tkazish jarayonida hal etiladi.

Tanlov bilan bog’liq jarayonlar OAVda jumladan, universitet rasmiy veb- sayti va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.