Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

11:14, 13.01.2025      


Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxridir! 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda Farg'ona davlat universiteti talabalari ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” nomli vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda oliygoh talabalari askar hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerdagi shart-sharoitlarni ko‘rib, o‘quv-amaliy darslarda bevosita ishtirok etdilar. Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda FarDUning talaba-qizlari ham qatnashdi.

Shu kuni harbiy xizmatchilarning zamonaviy o'quv bazalari bilan ta'minlangan sinf xonalarida talabalarga dars mashg'ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, harbiy qurollar va texnikalar haqida yoshlarga batafsil tushunchalar berib o'tildi.Tadbirda talabalar Qurolli Kuchlarning tuzilishi, harbiy xizmat turlari, chaqiriq, oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul tartibi, harbiylarga beriladigan imtiyozlar xususida keng ma’lumotlar oldilar.