"Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida Farg‘ona davlat universitetining barcha fakultetlarida turli tadbirlar, tanlovlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, Harbiy ta’lim fakultetida 1-bosqich talabalari uchun “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” mavzusida Sharqiy harbiy okrug vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan talabalar bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Iqtisodiyot va Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida Farg'ona shahridagi "Vatanparvarlar bog'i"ga sayohat uyushtirildi.
Filologiya, Chet tillari va Iqtisodiyot fakultetida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni“ shiori ostida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Shuningdek, Harbiy ta'lim va Filologiya fakultetlarida harbiy qurol va texnikalar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Tabiiy fanlar fakultetida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʼishlangan “Armiya – jasorat, matonat va bilim maskani” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʼtkazildi.
Vatan himoyachilari kuni va Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan tayyorlangan, harbiy vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar namoyishi yigʼilganlar qalbida tinchlik neʼmatiga shukronalik, Vatanga sadoqat hissini yanada joʼsh urishiga xizmat qildi.
Tarix va Agrar fakulteti talaba-yoshlari o’rtasida“Yangi O’zbekistonning yangi armiyasi” mavzusida rasmlar tanlovining guruh bosqichi bo’lib o’tdi. Bundan tashqari devoriy gazetalar tanlovi o'tkazildi.
Fizika-matematika fakultetida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan rasmlar, videoroliklar tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
FarDUning tadbirlar maydonida "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlab, amaliy mashg'ulotlar, harbiy qurol va texnikalar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Jismoniy madaniyat, Iqtisodiyot, Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik ,Agrar, Filologiya, Tabiiy fanlar, Fizika-matematika kabi qator fakultetlarda sana munosabati "Osh tanlovi" o'tkazildi.