“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar FarDUda yuqori saviyada o‘tkazildi. Jumladan, “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari talabalar uchun hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi. Turnirda 66 nafar talabalar ishtirok etib, sportning stol tennisi, darts, armlesling, tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha musobaqalashdilar hamda tir, “AK-74 va PM rusmli qurollarni noto‘liq qismlarga yoyish va yig‘ish” harbiy mashqlari asosida sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni Harbiy ta’lim fakulteti,
2-o‘rinni Fizika-matematika fakulteti,
3-o‘rinni Iqtisodiyot fakulteti jamoalari egalladi.
Turnirning yakunida ishtirokchi jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan, sovrindor jamoalar esa sovg‘alar bilan birga munosib ravishda oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlandi. Turnirda 1-o‘rinni olgan Harbiy ta’lim fakulteti “Rektor kubogi”ni qo‘lga kiritdi. Universitetda “Vatanparvarlik oyligi” davom etmoqda.