Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​FARDU RЕKTORI MAGISTRANTLAR BILAN UCHRASHDI

08:38, 22.01.2025      


FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida universitetning Magistratura bo'limi magistrant-yoshlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda oliygoh erishayotgan yutuqlar, ilmiy natijalar aynan faol, uyg'oq yoshlar, izlanuvchan magistrlarning harakati samarasi ekanie'tirof etildi.

Muloqot davomidabakalavr, magistr, qolaversa yosh tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarga yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar, ularning o'z mutaxassisligi bo'yicha ilmda erishayotgan yutuqlari, mamlakatimizda olib borilayotgan ta'limislohotlari mohiyati yoshlarga uqtirildi.

"Aziz farzandlarimiz! Siz - bizning tayanchimizsiz, umidlarimizni oqlagan holda, ilm yo'lida izlanishlardan tolmay, universitetimizni, yurtimizni dunyoga tanitishga o'zingizni munosib hissangizni qo'shishingizga ishonaman" - deya ta'kidladi rahbar o'z nutqida.

Uchrashuvda talabalarning muammo va takliflari yuzasidan qizg'in muloqot davom etdi.

Bunda yoshlarning malakaviy amaliyoti uchun amaliyot xonalarini tashkil etish, arxeologik obyektlarni universitet tashabbusi bilan ziyoratgohga aylantirish, "Munozara" klubi, "Ma'naviyat sadosi" kabi musiqa kechalarini o'tkazish, talaba-qizlar uchun "Ilmli qizlar" guruhlari, imkoniyati cheklangan talabalar uchun "Imkon" nomli klub, ko'zi ojiz talabalarga audiosavodxonlikni tashkil etish singari ko’plab takliflar bildirildi.

“Javarharlal Neru markaziy universiteti va Farg'ona davlat universiteti o'rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi natijasida ko'plab talabalar qatorida men ham bu 100 yillik tarixga ega oligohda o'zbek tili lingvistikasi yo'nalishi magistratura bosqichida ta'lim olmoqdaman va bundan juda ham mamnunman. Farg'ona davlat universitetida bizga sifatli ta'lim berayotgan barcha professor-o'qituvchilarga Siz orqali o’z tashakkurimni aytaman.” dedi hindistonlik Muhammad Saljuq.

Suhbat davomida ko’plab yoshlarning bildirgan taklif va tavsiyalari rektor tomonidan atroflicha o'rganilishi, reja asosida ijobiy hal etilishi ta'kidlandi hamda mas'ul rahbarlarga shu yerning o'zida tegishli topshiriqlar berildi.