Bugun Farg'ona davlat universitetida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Farg'ona viloyat sudi va viloyat ma'muriy sudi sudyalari Akromjon Utayev, Doniyorxo'ja Mahammatovlar ishtirokida o'tgan mazkur yirik uchrashuv talabalar uchun muhim ahamiyatga ega voqelik bo'ldi. Tarix fakultetining yuridik yo'nalishi talabalari hamda sohaga qiziqqan yoshlar uchun sudya bilan muloqot o‘ziga xos motivatsiya bo‘ldi. Uchrashuvda dastlab oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov so'nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud islohotlari haqida so‘z yuritdi. Mazkur jarayonlarda tizim xodimlari uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar, ijtimoiy kafolatlar yaratilgani ta’kidlandi. Bugunga qadar universitet va oliy sud o'rtasida qabul qilingan memorandum asosida o'tgan yil davomida ko'plab ishlar amalga oshirildi. Talabalarni amaliyotga jalb qilish orqali bevosita ularning mazkur sohada bilim vamalakalarini oshirishga zamin yaratildi.Sud tizimiga ishga qabul qilish tartibi,sohadagi amalga oshirilib kelinayotgan chuqur islohotlar, profilaktika ishlari, jamiyatda tobora rivojlanib kelayotgan kiberjinoyatchilik havfidan ogohlik masalalari ma'ruzalarda o'zaro muhokama etildi. Uchrashuvda talabalar uchun "Bo'lajak sud xodimlari klubi" tashkil etildi va klubning maqsadi malaka sifatini oshirish, sohaga yoshlarda qiziqish uyg'otish hamda amaliyotni bevosita nazariya bilan bog'lash etib belgilandi. Uchrashuv so'ngida talabalarni qiziqtirgan, ular tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar asosida aniq javoblar berildi.