Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Respublika ishchi guruhi universitetda

10:43, 27.01.2025      



Maʼlumki, Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishgan edilar. (https://t.me/eduuz/29645) Hozirda mazkur taqdimotda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Respublika ishchi guruhi joylarda oʻrganish ishlarini olib bormoqda. Jumladan, oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan ushbu Respublika ishchi guruhi Fargʼona davlat universitetida oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralarning viloyat tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlaridan iborat ushbu ishchi guruhning maqsadi - oliy ta’lim tashkilotining har bir faoliyat yo‘nalishini tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.