Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida universiada sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Kurash musobaqasining hududiy bosqichida Farg'ona davlat universitetining 13 nafar talabalari ishtirok etib, 7 nafari 1-o'rin, 4 nafari 2-o'rinni egallab, Respublika final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. Umumjamoa hisobida Farg'ona davlat universiteti 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirishdan asosiy maqsad yosh avlodni sogʻlom voyaga yetkazishdan iborat. Buning amaldagi natijasi oliygohimiz talaba-yoshlarining uzluksiz g‘alabalari misolida namoyon bo‘lmoqda.