Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, mehr-muruvvat ziyosini taratib turibdi. Hazrat Navoiy tavalludining 584yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida ko‘plab tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Kuni kecha Psixologiya, pedagogika va san’atshunoslik fakultetlarida “Navoiy ijodi – yosh sa’natshunoslar nigohida” mavzusida press-turtashkil etildi. Unda Tasviriy san'at vakillari o'zlarining Navoiy asarlariga ba'ishlangan ajoyib kompozitsiyalari bilan ishtirok etdilar. Ayniqsa, Xamsa dostoniga bag'ishlab chizilgan minatyura namunalari yig'ilganlarda katta qiziqish uyg'otdi. Shuningdek, Navoiy dahosi, uning ibratli hayoti va ma'naviy merosiga bag'ishlangan insholar tanlovi tashkil etildi. San'atshunoslik fakultetining tadbirlar zalida Buyuk bobomiz xotirasiga ba'ishlangan ma'naviy-ma'rifiytadbir bo'lib 'tdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi tomonidan namoyish etilgan spektaklda Farg'ona davlat universiteti jamoasi hamda 360 nafar talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Oliygohning Sirtqi ta’lim bo‘limida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan "Nazm va navo" kechasi tashkil etildi.