Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 349
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​Navoiy ijodi – milliy g‘ururimiz

10:16, 10.02.2025      


9-fevral buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning tavallud topgan kunidir. 1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga kelgan Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan siymolardan biridir. Uning nodir devonlari, betakror g‘azallari, shoh dostonlari va falsafiy asarlari bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatining bebaho xazinasidir. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. U kishining boy merosi bizga ona tilimizni ulug‘lash, adabiyotimizni rivojlantirish va ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Hazrat Navoiy ijodi – milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz!

Ushbu munosabat bilan Farg‘ona davlat universitetida turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminar darslar tashkil etildi.