Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Milliy libos-millat ko‘zgusi

15:40, 10.02.2025      


Milliy liboslarimiz ming yillik qadryatlarimiz, bebaho an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘zgudir. O‘zimizga xos va mos bo‘lgan adras, atlas, banoras, beqasamlarimiz yer yuzining boshqa hech qayerida topilmaydi. San’atkor halqimizning turfa xil hayoti, orzu-umidlari, qizlarimizning ibosiyu hayosi, nafosati, ayollar sadoqati, onalar muruvvatimujassam bu libosda. Atlas qatlariga, go‘zal naqshlariga yashiringan ajib joziba nozik qomatga yanada malohat baxsh etib, lovullab ko‘zlarni qamashtiradi.

Farg‘ona davlat universitetida “Milliy libos-millat ko‘zgusi” shiori ostida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Barcha ishchi-xodimlar, ustozlar oliygohga milliy liboslarda kelib, bahor nafasini, ko‘klam va yasharish ruhini, yoshlik tarovatini taratmoqdalar.