Buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetining barcha fakultetlarida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Jismoniy madaniyat fakultetida ham g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag‘ishlab adabiy-badiy tadbir o‘tkazildi. Filologiya fakultetida “Davrlar dahosi” nomli adabiy-badiiy anjuman tashkil etildi. Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetida Navoiyxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Iqtisodiyot fakulteti jamoasi Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy haykali maydonida tadbir oʼtkazdilar. FarDU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi Kasbiy ta’lim muassasalari, Ona tili va adabiyot yo’nalishi tinglovchilari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiy merosi — ma’naviyatimiz xazinasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar oliygoh bo‘ylab davom etmoqda.