Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI

09:00, 24.02.2025      


Fargʼona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov bugun FarDU talaba-yoshlari bilan uchrashdi! Universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazida generalni qarshi olgan rektor Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagijamoa aʼzolari va talabalar dastlab oliygohda yaratilayotgan milliy hunarmandchilik buyumlari, sanʼat asarlari, yangi oʼquv-metodik qoʼllanmalar bilan tanishtirdilar. Uchrashuvni mamnuniyat bilan ochib bergan oliygoh rahbari oʼz soʼzida yurtimizda muhtaram Prezidentimiz tashabbuskorligidajuda katta islohotlar olib borilayotgani, buning samarasi sifatida bugun FarDUning oʼsib borayotgan ilmiy, xalqaro salohiyati, yoshlar yutuqlarini eʼtirof etib oʼtdi. Uchrashuvda general talaba-yoshlar bilan muloqotni boshlar ekan, avvalo, yoshlarni Yangi Oʼzbekiston islohotlariga dahldor boʼlishga, globallashuv davrida ogohlikka chorladi, oʼz talabalik davri, intilishlari, masʼuliyati misolida barchani shijoatga daʼvat etdi. Bu borada Farg‘ona davlat universiteti olib borayotgan ishlar oʼz samarasini koʼrsatayotganini taʼkidladi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʼlgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oqibatlari xususida talabalarga toʼliqtushunchalar berish bilan birgalikda, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, axborot huruji, giyohvandlik kabi illatlardan ogoh etildi. Shuningdek, tadbirda ichki ishlar tizimida ishlashga qiziqish bildirgan yoshlarning takliflari eshitildi, sohalar bo'yicha universitet bilan oʼzaro hamkorlik memorandumi tuzishga kelishib olindi.