Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Bu bizning talaba

09:06, 24.02.2025      


Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining I bosqichi yakuniga yetdi. Milliy terma jamoamiz ayollar oʻrtasidagi jamoaviy bahslarda oltin medalini qoʻlga kiritdi! Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining I bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi! Dunyoning kuchli merganlari ishtirok etgan ushbu musobaqada milliy terma jamoamizning vakillari ham munosib ishtirok etib, oʻz mahoratlarini namoyish etishdi va yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Alohida taʼkidlash joizki, bugun xalqaro musobaqaning yakuniy bellashuvlari qizgʻin va murosasiz oʻtkazilib, natijada ayollar oʻrtasida jamoaviy yoʻnalishida 4 nafar merganlarimiz Abdusattorova Ziyodaxon, Xamroyeva Nilufar, Nurmanova Jasmina va Ergashova Omina Malayziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va 5-3 hisobida oltin medalni qoʻlga kiritishdi! Ushbu ulkan gʻalaba atletlarimizning mehnatlari, saʼy-harakatlari va mustahkam intizomi, shuningdek Oʻzbekiston Kamondan otish federatsiyasining soʻngi yillarda yangi bosqichga qadam qoʻyib, federatsiya rahbariyati tomonidan sportchilarga yaratib berilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlarning samarasi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Xalqaro musobaqada faol ishtirok etgan va oltin medalni qoʻlga kiritib, milliy terma jamoamiz gʻalabasiga munosib hissa qoʻshgan barcha sportchilarimizni samimiy qutlab qolamiz!