Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​FarDU delegatsiyasi Xitoyda

06:15, 11.03.2025      

OTMlarning investitsiya va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha Davlat rahbari topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida FarDU delegatsiyasining Xitoyga tashrifi boshlandi.

Dastlabki uchrashuvda Xitoy Fanlar akademiyasi Paleontologiya va paleoantropologiya instituti bilan investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha qator aniq kelishuvlarga erishildi. Jumladan:IVPPning investitsiyalari asosida FarDUda bosqichma-bosqich Arxeo-antropologiya, geobotanika va geozoologiya laboratoriyasi tashkil etiladi. Uchrashuvda 2025-yilda keltiriluvchi jihozlar ro'yxati shakllantirilib, yetkazib berish muddatlari belgilandi.

FarDU delegatsiyasining Xitoydagi navbatdagi tashrif manzili "Yopiq shahar" (紫禁城) nomi bilan mashhur bo‘lgan "Imperator saroyi" muzey majmuasi bo‘ldi. Noyob yodgorlik hisoblanuvchi muzeyda 20 dan ortiq ilmiy tadqiqot instutlari mavjud bo‘lib, ular tarix va arxeologiyaning turli sohalari bo‘yicha faoliyat olib boradi. Majmua direktori bilan uchrashuvda ikki muassasa faoliyatining o‘ziga hos jihatlardan kelib chiqib, muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan:

- Muzeyshunoslik yo‘nalishi talabalarini Saroy granti asosida o‘quv-ilmiy stajirovkaga yuborish;

- Ikki muassasa olimlari bilan hamkorlikda "Qadimgi va o‘rta asrlarda O‘zbekiston - Xitoy aloqalari: artefaktlar va yozma manbalar" mavzusida grant loyihasini amalga oshirish;

- So‘g‘d va uyg‘ur tilli manbalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish;

- FarDUda saroyning doimiy ko'rgazmalar filialini ochish;

- Saroyi rahbariyatining ta'kidicha, FarDU O‘zbekiston OTMlari ichida muzey bilan rasmiy aloqa o‘rnatgan birinchi universitet bo‘ldi.

- Arxeologiya ta'lim yo‘nalishining amaliyotlarni IVPPda o‘tash tartibi tahlil qilinib, dual ta'lim sohasida kelishuvga erishildi. Dastlabki bosqichda 10 nafar talaba XXR granti asosida Pekinga yuboriladi.

Delegatsiyasining Chin yurtdagi safari davomida jami 11 ta yirik OTM va ITMlar bilan aniq maqsadlarga qaratilgan muzokaralar o‘tkazilishi belgilangan.