Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​“Vatan taraqqiyotiga pillapoyamiz”

06:24, 11.03.2025      

Oʻzgarayotgan dunyoqarash, oʻsayotgan tafakkur bitiklari

Yaqinda filolog olim, gazetamizning faol mualliflaridan biri qoʼngʼiroq qilib qoldi. Hol-ahvol soʼrashgach, maqsadga koʼchdi:

– Mutaxassis sifatida mendan bir loyihada jamoatchilik asosida ishtirok etishimni soʼrashgan edi. Sal yoqmayroq rozilik bergandim. Mana, hozir hayajon bilan sizga qoʼngʼiroq qilyapman. Mendan talabalar yozgan insholar bilan tanishib, baholash, xulosa berish, fikr bildirishni iltimos qilishgandi. Hozir koʼrib boʼldim. Turli yoʼnalishda tahsil olayotgan talabalarning bu qadar teran mushohada yuritishi, fikrlarini aniq ifodalashidan xursand boʼlib ketyapman. Bir koʼring-chi, sizga ham yuboraman.

Fidoyi muallifimizning qoʼngʼirogʼidan keyin oʼylanib qoldim: u bejiz hayajonlanmaydi. Demak, yoshlarimizning dunyoqarashi oʼzgaryapti, tafakkuri oʼsyapti. Shunday boʼlishi ham kerak-da. Аxir dunyoning ertasi, taqdiri yoshlar qoʼlida. Davlatimiz rahbari yoshlar kelajagi bilan bogʼliq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega ekanini bejiz taʼkidlamaydi. Bu yondashuv «Oʼzbekiston – 2030» strategiyasida ham aksini topgan. Misol uchun, ushbu muhim hujjatning «Har bir insonga oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish», deb nomlangan birinchi yoʼnalishi 44 banddan iborat boʼlsa, shuning 25 dan ortigʼi bevosita yoshlar manfaatlariga qaratilgan.

Koʻrsatilayotgan doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik yosh avlod zimmasiga zalvorli masʼuliyat yuklaydi, yoshlarimizdan xalqimiz oldida turgan yuksak maqsadlarga erishishda yanada faollik koʻrsatishni talab etadi. 30-iyun sanasi mamlakatimizda Yoshlar kuni, deb eʼlon qilingan. Shu dalilning oʻzi ham keyingi davrda yurtimizda yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

Prezidentimizning joriy yil 14-fevral kuni yoshlar bilan uchrashuvi esa hukumat va yosh avlod oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish yoʻlida muhim qadam boʻldi. Muloqot avvalida davlatimiz rahbari yoshlar timsolida yangi Oʻzbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini koʻrayotganini taʼkidlab, turli sohadagi yutuqlari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan yoshlarni alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, oʻqimishli, bilimli yigit-qizlar safini kengaytirish borasida erishilgan natijalarga haqqoniy baho berdi.

Batafsil...