Xotin-qizlar sporti davlatimizda kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Albatta, ayol va qizlarimizning salomatligi millatning salomatligi demakdir. Zero, sog‘lom ona-sog‘lom avlodni voyaga yetkazadi. "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan sportning volleybol turi bo'yicha Farg‘ona viloyati “Hokimi kubogi” musobaqasida Farg‘ona davlat universiteti (ayollar) terma jamoasining professor-o’qituvchi hamda ishchi-xodimlari faxrli 2-o'rinni egalladilar!