Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Parijda qo‘shma konferensiya: oliygohlararo 26 ta hamkorlik hujjatlari imzolandi

09:19, 12.03.2025      

10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi” mavzusida qo‘shma konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya doirasida ikki tomon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 26 ta shartnoma, bitim, “Yo‘l xaritasi, xalqaro loyiha va kelishuvlar imzolandi. Xususan, Farg‘ona davlat universiteti va Sorbonne Universiteti o‘rtasida akademik mobillik hamda madaniyat va til markazini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Shuningdek, FarDU va Puatiе univеrsitеti o'rtasida anglashuv mеmorandumi, Fransiyaning ISC Biznеs maktabi bilan ta'lim va ilmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Endilikda mazkur hujjat akadеmik mobillik, qo'shma tadqiqotlar, ilmiy konfеrеnsiyalar va sеminarlar tashkil etishda har ikki tarafning samarali aloqalari uchun mustahkam zamin yaratadi.