Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​Adolatli va farovon xayot qurish zarur

15:16, 13.03.2025      


Joriy yil 5-mart kuni Prezidentimiz raisligida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish boʻyicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurati barchamizni yanada sergaklantirdi. Korrupsiya nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy xavf hamdir. U jamiyatning barcha sohasiga kirib borib, rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Shu bois, bugun yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilindi. Parlament palatalarida masʼul qoʻmitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash va agentlik tashkil etildi. Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi oʻrni va taʼsiri ortib borayotgani qayd etildi. Ochiqlik boʻyicha xalqaro reytinglarda mamlakatimizning oʻrni 138 pogʻona yaxshilanib, Markaziy Osiyoda 1-, dunyoda 30-oʻringa koʻtarildi.

Batafsil...