Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​Ziyolilar bog‘i tashkil etildi

09:55, 17.03.2025      


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi. Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi. Xususan, Fargʼona davlat universitetida ham oliygohlar bilan bir vaqtda daraxt ekish marafoniga start berildi! Bunda mavsumiy daraxt ekish jarayonlari keng ko‘lamda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.