Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 343
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​Tarix fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

13:02, 20.03.2025      


Farg’ona davlat universitetida “Ijtimoiy ish va zamonaviylik: nazariya va amaliyot” mavzusida xalqaro qo‘shma konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand, Buxoro, Namangan va Guliston davlat universitetlari bilan bir qatorda, Gumilyov nomidagi Yevro Osiyo milliy universiteti (Qozog‘iston), Osh davlat universiteti (Qirg‘iz Respublikasi) kabi xorijiy oliygohlar vakillari ham ishtirok etdilar.

Konferensiya doirasida xorijiy oliygohlar va Farg’ona davlat universiteti hamkorligida akadеmik mobillik, qo'shma tadqiqotlar, ilmiy konfеrеnsiyalar va sеminarlar tashkil etishdagi tomonlarning samarali aloqalari uchun muhim kelishuvlarga erishildi.

Yuklanyapti...