O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmoniga asosan, yuqori malakali xorijiy olimlarni ta’lim jarayoniga keng jalb qilishni ta'minlash maqsadida 2025-yilning 17-mart kunidan boshlab Qozog‘iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi, Rabig‘a Kenjebay – geografiya ta’lim yo‘nalishi 2, 3-bosqich talabalariga ma’ruza va amaliy dars mashg‘ulotlarni olib bormoqda.