Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

10:10, 24.03.2025      


FarDUning Pedagogika, psixologiya va sanʼatshunoslik fakultetida milliy va fayzli bayram – Navro‘zi olam tadbiri professor-oʼqituvchilar davrasida munosib nishonlandi. Tadbirda ishtirok etgan Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov jamoani bahoriy ayyom bilan samimiy tabrikladi. Tadbirda bir guruh jamoa aʼzolari yil davomida amalga oshirgan samarali faoliyati uchun universitet rahbari tomonidan taqdirlandilar. Pedagogika, psixologiya va sanʼatshunoslik fakultetida Navroʼz ayyomi oqshom dasturxonida bir piyola choy ustida ustozlarning fayzli suhbatlari bilan davom etdi. Bayram dasturida taqdim etilgan konsert, xushovoz xonandalarning diltortar kuy-qoʼshiqlari barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi va ohanrabo sadolar jamoani raqsga chorladi. Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida milliy urf-odat va an’analarimiz namoyish etilib, Navro‘zga xos qadriyatlar tarannum etildi. Bayramning asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan sumalak tayyorlandi.