Xalqaro pedagogik almashinuvlar doirasida horijlik professor-o‘qituvchilarning Farg‘ona davlat universiteti talabalariga dars berishlari oliygohda ta’lim sifatini oshirishda alohida ahamiyatga molikdir Qirg‘iziston Respublikasining Batken davlat universiteti M.Tayirov nomidagi Qizil-qiya gumanitar-pedagogika institutining direktori, pedagogika fanlari nomzodi Berdiyev Asan Toksonovich tomonidan FarDUning tarix yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “Jahon tarixi” fanidan ma'ruza mashg’ulotlari olib borilmoqda. Berdiyev Asan Toksonovich bugun oliygohning "Qatag’on qurbonlari" muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonga universitetning esdalik sovg'alari topshirildi.