Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​BILIB OLING!

12:42, 28.03.2025      



Ikkinchi mutaxassislik uchun xodimga kafolatlar qo‘llaniladimi.

Mehnat kodeksining 386-moddasiga asosan ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda berilishi qayd etilganadi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan holda ishni o‘qish bilan olib borayotgan xodimlar ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ta’limda o‘qiyotgan xodimga kafolatlar va kompensatsiyalar qo‘llanishi nazarda tutilgan.

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilmagan.

Biroq, xodim uchun kafolatlar va kompensatsiyalar ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

YA’ni ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasi mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq kafolatlar va kompensatsiyalar berilishi mumkin.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

hujjatlari ijrosini nazorat qilish

shu’basi bosh maslahatchi,

2-darajali yurist

Abduvaliboy G‘ULOMOV