Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​ILMIY ANJUMAN

08:47, 02.04.2025      


Farg’ona davlat universitetining Falsafa va milliy g‘oya kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O'zbekistonda ma'rifatli jamiyat qurishning ijtimoiy-falsafiy va madaniy asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Anjuman ishida bir qator respublikamizning nufuzli oliy o‘quv yurtlari olimlari va sohaga mutasaddi tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari, iqtidorli talaba, magistr va doktorantlarning tezislari tinglandi. Anjuman yuqori saviyadagi ilmiy yondashuvlar va samarali muloqot tamoyillari asosida, dolzarb muammolarga bag‘ishlangan holatda o‘tkazildi.