Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​ILMIY XABARLAR

11:52, 03.04.2025      

Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti hisoblanadi. Shunga asosan, bu ikki fanning sintezi sifatida, kesishgan nuqtada psixolingvistika (lingvopsixologiya) yo‘nalishi yuzaga keldi. U ichki nutqni tekshirish jarayoni, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi.

Farg’ona davlat universitetida bo’lib o’tgan navbatdagi dissertatsiya himoyasida ushbu mavzu muhokamasi bo’lib o’tdi.

Unda Filologiya fakulteti dekani Mamajonov Muhammadjon Yusubjonovichning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Muloqotning psixolingvistik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.