O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-81-sonli Farmoni, 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-330-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 149-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2025-yil 3-apreldagi
193-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, ta’lim grantlarini iqtidorga yo‘naltirish, grant kvotalarining taqsimlanishida raqobat muhitini yaratish va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetda ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi), ta’lim tili va kurslar kesimida to‘liq davlat granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantlari kvotalari taqsimlandi.. Batafsil....