Keyingi yillarda O‘zbekistoning YUNESKO bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning natijasida o’tgan sakkiz yil mobaynida milliy madaniy merosimizning 14 ta noyob namunasi YUNESKOning ro‘yxatlaridan joy olganligi, Buxoro shahri Ijodkor shaharlar tarmog‘iga kiritilishi hamda YUNESKO Bosh qarorgohida buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanishi insoniyat merosi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etildi.
Ayniqsa, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangani jahon hamjamiyati tomonidan muhim voqea sifatida e’tirof etildi.
Ushbu nufuzli xalqaro anjumanni yuqori darajada o‘tkazishga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rish va targ‘ib qilish ishlariga respublikamizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ham keng jalb etilgan.
Xalqaro hamkorliklarni kengaytirish hamdaO‘zbekistonning bebaho madaniy merosi targ’ib qilish maqsadida Farg’ona davlat universiteti delegatsiyasiGruziyaga tashrif buyurdilar.
Rektor Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi Farg’ona davlat universiteti dеlеgatsiyasi Gurjistonning Tbilisi shahrida joylashgan Ivane Javakhishvili nomidagi Tbilisi davlat universiteti (TSU) bilan xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'ydi.
Xalqaro hamkorlik doirasida ikki millat vakillarining tarixi va madaniyatiga oid tantanali tadbir marosimi tashkil etildi.
Tantanali marosim o’ziga xos o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va an’analarini aks ettiruvchi bayramona bezaklar bilan bezatilgan bo’lib, unda mehmonlarni karnay-surnay va doira sadosi ostida, o‘zbek milliy libosdagi qizlari an’anaviy o‘zbek mehmondo‘stligi ramzi bo’lgan Qo‘qon patiri va halva bilan qarshi oldilar.
Dastavval, tadbirning tantanali ochilishida
•O‘zbekistonning boy ma’naviy va madaniy merosi
•Turizm sohasidagi islohotlar
•YuNESKOning Jahon madaniy merosi obyektlari
•O‘zbekistonning madaniy va turistik salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot video namoyishi mehmonlarda yurtimizga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.
Shundan so‘ng, Tbilisi davlat universiteti va Farg‘ona davlat universiteti rektorlari tomonidan nutqlar taqdim etilgani oliygohimiz tarixida yana bir xalqaro hamkorlikni boshlab berdi.
Madaniy qismda delegatsiyada qatnashayotgan San’at fakulteti huzuridagi maqom ansambli a’zolari tomonidan kuy va navolariyallalar “Oʻzbekistonim”, “Yana” yallasi,“Chamannoringdan” yallasi, “Gul oʻyin” yallasi,“Nаxori nashta” yallasi ijro etildi. Ayniqsa, “Toshkent yor-yori”, “Fargʻonacha yor-yor”,“Mustahzod”,“Bahor”, “Lazgi” kuylari barcha mehmonlarga ko’tarinkilik baxsh etdi.
Musiqiy taronalar ketma-ketligidan so’ng, yurtimizning hunarmandchilik va an’anaviy san’atiga doir ko’rgazmalar namoyishi bo’lib o’tdi. Unda ipakchilik an’anasi namunasi hisoblangan serjilo ranglari bilan dunyo ahlini o’ziga maftun etgan Marg‘ilon atlas va adras matolari namoyishi, shuningdek, milliy naqshlar bilan bezatilgan likopchalar, idish-tovoqlar, an’anaviy kiyimdagi haykalchalar va o‘yinchoqlar ko‘rgazmalari bo’lib o’tdi.
Ko‘rgazmada an’anaviy bezaklarga ega milliy laganlar hamda o‘zbek xalq qo‘g‘irchoqlari ham alohida o‘rin oladi.
Farg’ona davlat universiteti delegatsiyasi ishtirokidagi Ona diyorimizni boy madaniy merosini va turistik salohiyatini targ‘ib ettiruvchi tantanali marosimmehmonlarda katta taassurot qoldirdi.