Ma’lumki, talaba-yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini ommalashtirish, jamoada sog’lom muhitni keng targ’ib etish maqsadida har yili 7-aprel Butunjahon salomatlik kuni oʼtkazib kelinmoqda.Bugun erta tongda mazkur tadbir oliygohda oʼziga xos bayramona ruhda va faollik bilan boshlandi. Universitet hududidan start olgan yurish marofoni - oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida Sport-sog‘lomlashtirish majmuasi sari yo’naldi.Vatanparvarlik tuyg’ularini tarannum etguvchi musiqa sadolari ostida Sport-sog‘lomlashtirish majmuasiga kirib kelgan universitet jamoasi hamda yoshlar tongi badantarbiya mashg'ulotlarini bajardilar.
Universitet hududi bo'ylab keng ko'lamda o'tkazilayotgan sport bellashuvlarida oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov talaba-yoshlar bilan yaqindan muloqotda bo'lib, musobaqa jarayonlarida faol ishtirok etdi. Musobaqalar asosan, sportning volleybol, kurash, stol tennisi, kamondan o'q otish turlari bo'yicha o'tkazildi va unda oliygohning yosh sporchilari o'zaro kuch sinashdilar.
Yuksak saviyada tashkil etilgan sport tadbirlari so'ngida salomatlik oyligida oliygohimizda bo'lib o'tgan "Rektor kubogi" musobaqalari hamda 21-mart Nazro'z bayrami arafasida o'tkazilgan sport o'yinlarida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan fakultetlarning jamoalari munosib taqdirlandilar.