Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​“AMIR TEMUR JAHON TARIXIDA” mavzusida IV respublika ilmiy-nazariy konferensiya

13:56, 08.04.2025      



Hindiston va Xitoydan Qora dengizgacha, Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar g’oyat katta hududllarni qamrab olib ulkan saltanat tuzibgan Amir Temur o’zining 35 yillik saltanat boshqaruvi bilan dunyo tarixida o’chmas nom qoldirgan.

Temurning davlat boshqaruvidagi amalga oshirgan ulkan islohotlari dunyo tarixchilarini hamon o’ziga jalb etib kelmoqda.

Xususan, Farg'ona davlat universitetining Tarix fakultetida bo’lib o’tgan IV respublika ilmiy-nazariy konferensiyasining mavzusi ham Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag’ishlandi.

"Amir Temur Jahon tarixida" mavzusida" tashkil etilgan ushbu ilmiy-nazariy konferensiyada ilm ahli ziyolilari, yosh taqdiqotchi olim va olimalar ishtirok etdilar.

Anjumanda "Amir Temur va temuriylar saltanatida irrigatsiya tizimining rivojlanishi, Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixidagi o'rni, Davlatchilik va mustaqillik aspektlarini xalqning madaniy o'ziga xosligi bilan bog'liqligi" hamda O'zbekiston tarixining shu kabi dolzarb mavzularida ilmiy-nazariy ma'ruzalar tinglandi.

Shuningdek O'sh davlat pedagogika universitetidan tashrif buyurgan professor hamda kafedra mudirlari o'zlarining ilmiy ma'ruzalari bilan ushbu anjumanda faol ishtirok etdilar.

Konferensiya yakunida professor o'qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar taqdim etilgan mavzularyuzasidan o'zaro fikr almashdilar vashu doirada tahlil va muhokamalar bo'lib o'tdi.