Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​ILMIY XABARLAR

14:06, 08.04.2025      

Bizga ma’lumki zamonaviy tilshunoslikka dunyo bo’ylab yangi sohalar kirib kelmoqda. Sotsiolingvistika, matn lingvistikasi, genderlingvistika, kognitif lingvistika, lingvokulturologiya shular jumlasidandir.

Lingvokulturologiya tilshunoslikning mustaqil yo'nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi hamda tilshunoslikda yana bir yangi tadqiqotlarni boshlab berdi.

Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakultetida bo’lib o’tgan navbatdagi Ilmiy kengashda ham shu mavzudagi dissertatsiya himoyasi bo’lib o’tdi.

Unda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi - Latipov Sherzodjon Foziljon o’g’lining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Lakuna hodisasining lingvokulturalogik tadqiqi” mavzusidagifilologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamliIlmiy kengashda 100% ovoz bilan himoya qilindi.