Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​DILKASH SHOIR BILAN UCHRASHUV

14:08, 08.04.2025      

Farg’ona adiblari mamlakatimiz adabiy jarayonida o’z ovozi va soziga ega ekanligi bilan ajralib turadilar. Unda ko’plab zabardast adiblar yashab ijod etganliklari barchamizga ma’lumdir.

Xususan, O'zbekiston xalq shoiri Usmon Azim yaratgan nazm gulshani xalqimiz ko’nglidan allaqachon joy egallab ulgurgan. Shoirning orombaxsh she’rlaridan bahramand bo’lish va ular bilan yaqindan suhbat qurish maqsadida Farg’ona davlat universitetiningFilologiya fakultetida dilkash shoir bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Dastavval shoir fakultetda tahsil olayotgan talabalar bilan auditoriyalarda uchrashdi. Talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ijodiy faoliyati xususida yoshlarga kerakli maslahatlar berdi.

Shuningdek fakultetda Usmon Azim hamda she'riyatga ihlosi baland bo'lgan iqtidorli talabalar ishtirokida adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi. Professor-o'qituvchilar va adabiyotshunos olimlar ishtirok etgan mazkur tadbirda shoirning hayoti va ijodiy faoliyati, adabiyot hamda she'riyatga qo'shgan munosib hissasi e'tirof etildi.

Tadbirda so'z olgan shoir she'riyat olamiga qo'ygan dastlabki qadamlaridan hozirgi maqomga erishgungacha bo'lgan davrlari, adabiyotning sehri, ijod yo'lidagi ibratlionlari bilan o'rtoqlashdi. Eng sara va xalqimiz suygan she'rlaridan parchalar o'qidi va adabiyotsevar talaba-yoshlarga ilm yo'lidan tolmay mehnat qilishlarini tiladi.

Uchrashuv so'ngida talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub go’zal satrlardan na’munalar tinglandi va samimiy suhbat uchun shoirga minnatdorchilik bildirildi.