Yoshlarni turizmga qiziqtirishda muqaddas qadamjolarning ham ahamiyati kattadir. Bu borada Farg’ona davlat universiteti talabalarining tarixiy qadriyatlarhurmat, ularni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash maqsadida Biologiya yo'nalishi talabalari Namangan viloyatida joylashgan To'raqo'rg'on tumanidagi Axsikent yodgorligi va Sirdaryo bo'yidagi to'qayzotlarga sayohat qildilar.
Dastlab Axsikent yodgorliklarida bo’lib, uning tarixini o’rganish bilan birga yodgorlik joylashgan hududning ekologik iqlimi hamda biologik xususiyatlari haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Shuningdek, sayohat davomidaSirdaryo bo'yidagi to'qaylar esa o'zining boy ekosistemasi va biologik xilma-xilligi talabalarni o’ziga jalb qildi. Ushbu sayohat davomida talabalar tabiiy resurslarni o'rganish va ekologik tizimlar hamda ularning ahamiyati haqida muhim ma’lumotlarga ega bo’ldilar.