Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

​AMIR TEMUR AVLODLARI

11:42, 09.04.2025      



Amir Temur ma’naviy kamolotiga yoshlik va o’smirlik yillaridayoq mustahkam asos qo’yilgan edi. Buning natijasi o’laroq u mard, dovyurak, o’tkir zehn va aql-idrok egasi bo’lib kamolga yetdi. Zamondoshlari uning yuksak ma’naviyat sohibi hamda ilmu fan ahliga bo’lgan munosabatini “Temur olimlarga mehribon bo’lib, sharofatli sayyidlarni o’ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga izzat hurmat ko’rsatib, ularni har qanday odamdan muqaddas tutardi. Ularning har birini o’z martabasiga qo’yib, mazmunli bahslar yuritar edi”, deya e’tirof etganlar.

Darhaqiqat, Amir Temur va temuriylar davriga nazar soladigan bo’lsak, bu davrlarda ilm-fan va ma’daniyat gullab yashnaganiga guvoh bo’lamiz.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar doirasida Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti professorlari hamda Fargʻona shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari ishtirokida “Amir Temur va temuriylar ibrati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida Temuriylar hayoti va faoliyati, ma’naviy merosi, davlat qurilishidagi yutuq va kamchiliklariga doir qimmatli ma'lumotlar haqida so'z yuritildi.