MILLATLAR HAMDO’STLIGI
16:12, 09.04.2025

Soʻnggi yillarda bagʻrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash Oʻzbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini davlatimiz o’z himoyasi ekanligini kabi masalalarni yoshlar o’rtasida keng targ’ib etish maqsadida Filologiya fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyat mudiri M.Xolmatov, Adliya boshqarmasining nodavlat-notijorat tashkilotlari sho‘basi boshlig‘i O.Abdullayev, tojik milliy-madaniy markaz viloyat bo‘limi rahbari M.Mirzoyev, O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiya viloyat bo‘limi rahbari D.Fozilovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, suhbat davomida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tomonidan Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususida to’xtalib o’tdilar.