Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

XALQARO HAMKORLIK

16:16, 09.04.2025      

Har qanday maqsad va islohotlar natijadorligiga ilm-fan bilan yetib boriladi. U qayerda rivojlanmasin, paydo bo‘lmasin, jahon taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Buni rivojlangan davlatlar yuksalishida ilm-fan asosiy omil vazifasini o‘tayotganidan ham ko‘rish mumkin.

Yosh kadrlarni ilmiy salohiyatini yuksaltirish va xalqaro mehnat bozorida rivojlangan davlatlar bilan baxslasha oladigan yetuk va malakali kadrlarni yetishtirish maqsadida mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorliklarigaa’lohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Bu borada Farg’ona davlat universitetida bir qator xalqaro hamkorliklaryo’lga qo’yilib, o’zaro pedagogik tajriba almashish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlarining Mintaqaviy Ingliz tili bo‘yicha vakili Kevin Mc Caughey va Namangan davlat chet tillari instituti qoshidagi EL Fellow dasturi doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili mutaxassisi Bryan W. D'Albey universitetimizga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda ingliz tili ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, EL Fellow dasturlarining universitetdagi ahamiyati, o‘quv soatlari taqsimoti, shuningdek, hamkorlikning kelajakdagi istiqbollari yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.