Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

FUTBOL ASSOTSATSIYASI VITSE-PREZIDENTI ODIL AHMEDOV FARDUDA

09:07, 10.04.2025      

Sir emas, har qanday natija ortida mutaxassislarning professional faoliyati yotadi. Farg'ona davlat universitetining FarDU futbol klubiningrivojlanishi uchun ham barcha sharoitlarning yaratilishi bilan birga futbol murabbiysining o’rni beqiyos ahamiyatga egadir.

“FarDU jamoasi” nomida o’zining bir qator yutuqlari bilan olg’a borayotgan Farg’ona davlat universitetining futbol klubi a’zolari navbatdagi Proliga o'yinlari ga tayyorgarlik olib bormoqdalar.

Farg'ona davlat universitetida FarDU futbol klubining Proliga o'yinlari oldidan taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Universitetning muhtasham sport majmuasida bo’lib o’tgan ushbu tadbirga O'zbekiston Futbol assotsiyatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov tashrif buyurdi.

Tadbirda so’z olgan oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov Muhtaram Prezidentimiz tomonidan professional futbolga qaratilayotgan yuksak e’tibor va sportchi yoshlarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda FarDU futbol klubining kechasi, buguni va ertasi to’g’risida to’xtalib o’tdi.

Shuningdek, tadbirda tashrif buyurga mehmon, O'zbekiston Futbol assotsiyatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov Farg'ona davlat universitetida FarDU futbol klubiga yaratib berilayotgan sharoitlar haqida o’z mulohazalarini aytib, FarDU jamoasiga kelgusidagi faoliyatida zafarlar tiladi.

Tadbir so'ngida Odil Ahmedovga universitet rahbariyati tomonidan oliygoh ramzi tushirilgan statuetka hamda FarDU futbol klubining maxsus futbolkasi, oliygoh rektoriga esa klubning maxsus futbolkasi hamda tashakkurnomasi taqdim etildi.