Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

TALABALAR GRANTLARINI TAQSIMLASH

09:32, 10.04.2025      

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 117-sonli qarori ijrosini o'rganib chiqish va taʼminlash hamda yangi o’quv yili uchun talabalarni qamrab olish chora-tadbirlari yuzasidan Farg’ona davlat universitetida oliygoh rahbariyati, professor-o'qituvchilar va tyutorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda ishtirokchilarga qabul jarayonidagi o'zgarishlar, maxsus komissiya tarkibi, ishchi guruhlar, targ'ibot guruhlariga biriktirilgan xodimlar, qabul vaqti, grantni qayta taqsimlash bo'yicha o'tkaziladigan tanlovlar nizomi, ta'lim grantlarni qayta taqsimlash jarayoni, ta'lim grantiga talabgor talabalarga qo'yiladigan talablar va ularni akademik baholash tartibi, tanlov jarayonidagi ustivorliklar kabi muhim masalalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, fakultet dekanlari va tegishli mas'ullarga har bir talaba va ularning ota-onalarini nizomning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish, jarayonni adolatli tashkillash bo'yicha topshiriqlar berildi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ul soha vakillari tomonidan kerakli javoblar oldilar.