Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

BIZ SOHIBQIRON AVLODLARIMIZ

15:07, 10.04.2025      

Xalqimiz, ayniqsa millatning kelajagi boʻlgan yoshlar buyuk ajdodlar tarixini qanchalar koʻp oʻrgansa, ularning hayoti va faoliyatidan ibrat va saboq olib yashasa, qalbida milliy gʻurur va iftixor tuygʻulari joʻsh urib, elu yurtga boʻlgan muhabbati yanada ortadi.

Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda esa, xalqimiz tarixida oʻtgan koʻplab buyuk siymolar qatorida, Sohibqiron Amir Temur qadriyatini oʻrganish ham muhim ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy ahamiyatga ega.

Farg’ona davlat universitetida “Biz Sohibqiron avlodlarimiz” oyligi doirasida o’tkazilagan Amir Temur tavalludining 689-yilligiga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ham Buyuk Sarkardaning ma’naviy va madaniy merosini o’rganishga qaratilgan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda Tarix fakulteti professor-o'qituvchilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan Temuriylar salatanati va davlatchilik tarixi, Amir Temurning adolatparvarligi, jasoratlari hamda betakror jang san'ati xususida turli tillarda ilmiy ma'ruzalar o'qildi.

Milliylik ruhida tashkil etilgan tadbirda yangragan kuy va qo'shiqlar, ijro etilgan raqslar ishtirokchilarga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi.

Tadbir so'ngida talabalar tomonidan taqdim etilgan Amir Temur hayotiga oid sahna ko'rinishi tarixiy shaxsni yanada yorqinroq namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etdi.