Mamlakatda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida islohotlar hayotning barcha sohalari bilan uzviy bog`liq holda amalga oshirilmoqda.Yоshlarimizning barkamol bo`lib etishishida mahalla, oila jamoat tashkilotlari va ta`lim muassasalari alohida o`rin egallaydi. Kelajak avlod haqida qayg`urish, sog`lom, barkamol insonni voyaga etkazishga intilish halqimizga xos milliy hususiyatlardandir.
Oilaviy ma`naviyatni yuksaltirishga shaxs sifatida xar bir oila a`zolarining muayyan ma`naviy dunyoga ega bo`lishi ularning ma`naviy fazilatlari er-xotinlik munosabatlarining sharqona an`analari insoniylik va axloqiylik darajasini belgilab beradi. Oila ma`naviy olami o`zaro hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, mehribonlik, rahmdillik, mehr-oqibat, sabr-bardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassamlashtirishtiradi. Farg’ona davlat universitetining Gender tengligi tadqiqotlari markazida ham “Oila ma'naviyati va ayollar ma'rifatini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Viloyatimizdagi olimalar vafaol ayollar ishtirok etdilar.