Yurtimizda xotin-qizlar masalasiga juda katta eʼtibor qaratilyapti. Ularning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari Konstitutsiyamiz, qonunlarimizda mustahkamlab qo‘yilgan.
Farg'ona davlat universitetida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, oliygoh rektori BahodirjonShermuhammadov boshchiligida universitet xotin-qizlar maslahati kengashining tanqidiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda maslahat kengashi a'zolari, fakultet dekanlari, xotin-qizlar bo'yicha dekan maslahatchilari ishtirok etdilar.
Kengash kun tartibidan olib borilayotgan ishlar tahlili, yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalari o'rin oldi.Aniq vazifalar belgilab olindi, xususan, universitetda talabalar, talaba qizlar bilan talabay, individual ishlash bo'yicha zarur topshiriqlar berildi.
Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi lavozimiga M.B.Kamolova saylandi.