Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

REKTOR UCHRASHUVI

09:37, 14.04.2025      

Uzluksiz ta’limni yanada rivojlatrirish, maktab integratsiyasini kuchaytirish, maktablarni kasb-ta’lim maktablariga to’liq jalb etish va ularni moddiy bazasini shakllantirish hamda maktablarga xorijiy ta’lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida Farg'ona davlat universitetida maktablar va ixtisoslashtirilgan maktab, politexnikumlar direktorlari bilan rektor uchrashuvi o’tkazildi.

Unada kasbiy ta'limga barcha ta'lim muassasalarini jalb qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, ta'lim integratsiyasini yo'lga qo'yishda ilmiy yondashuv va ta'lim sifati, moddiy - texnik bazani ta'minlashdagi ishlarni muvofiqlshtirish, texnikumlardagi moddiy va ilmiy sohaga bo'lgan ehtiyojlarini o'rganish va hal etishda yo'l xaritasini tashkillash kabi masalalar uchrashuv markazida bo’ldi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining professor - o'qituvchilarini texnikumlarga o'rindoshlik asosidabiriktirish, maktab va texnikumlarda ochiq darslar tashkil etish, tarbiyaviy, ilmiy, moddiy sohadagi har qanday muammoni hal etishda hamjihatlik bilan ish ko'rishni yo'lga qo'yish, shu bilan birga maktablarda ta'lim dasturlarini xalqaro ta'lim dasturlariga muvofiq tarzda belgilash masalalari muhokama qilindi.

Universitet rektori o'z so'zida ixtisoslashtirilgan maktablar taraqqiyotini rivojlantirishda yangi loyihalar, ilmiy tadqiqotni kengaytirilgan innovatsiyalar asosida tashkil etish, ochiq eshiklar kunini o'tkazish hamda professorlarni jalb qilish, fan - ta'lim sohasini qamrab olgan holda uchrashuvlarni yo'lga qo'yish zarur ekanini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida universitetga biriktirilgan ta'lim texnikumlariga universitet tomonidan biriktirilgan rahbar xodimlar bilan belgilangan ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha kerakli topshiriqlar berildi.