Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

HAMKORLIK MEMORANDUMI

09:55, 14.04.2025      

Oliy ta’lim muassasalarida sportga bo’lgan e’tiborni yanada rivojlantirish hamda yoshlarni sport musobaqalariga keng jalb etish maqsadida Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi hamda davlat Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabr kungi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarorining 4-5-bandlarida barcha davlat Oliy ta’lim muassasalarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyatimizdagi 5 ta davlat Oliy ta’lim muassasalari Sport boshqarmasi va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar bilan kelgusida sport klublarini tashkil etish va ular o‘rtasida musobaqalarni hamkorlikda o‘tkazib borish bo‘yicha memorandumlar imzolanadi.