Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

"KITOBXONLIK HAFTALIGI"

10:57, 15.04.2025      

Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida bu fazilatni targʻib qilish haqida koʻp bora taʼkidlanmoqda. Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob oʻqishga ehtiyojimiz bor.

Farg'ona davlat universitetining Axborot resurs markazida yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish va ularning kitobxonlik koʻnikmasini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targʻib qilish maqsadida "Kitobxonlik haftaligi"ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda oliygoh rahbariyati, professor-o'qituvchilar, kitobsevar va talaba-yoshlar faol ishtirok etib, kitoblar va kitobxonlikga oid o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.