Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasining faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi ijrochi menedjeri universitetga tashrif buyurdi

13:12, 15.04.2025      


2024 yil 30 sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqot davomida raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, sun’iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlarni va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, mazkur sohada dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun texnologik sharoitlarni yaratish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.

Shundan kelib chiqib, joriy yil 12 aprel kuni Farg‘ona davlat universiteti taklifiga binoan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasining faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi ijrochi menedjeri Sherzodjon Onarkulov universitetga tashrif buyurdi, soha mutasaddilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Shuxratov, halqaro hamkorlik va moliya-iqtisod ishlari bo‘lyicha prorektori v.b. Z.Mamatqulov, raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i B.Mullayev, axborot-resursi markazi direktori A.Axmedov hamda amaliy matematika va informatika kafedrasi dotsenti M.Onarkulovlar ishtirok etib, universitetda sun’iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlarni qo‘llab quvvatlash, sohaga yosh iqtidorli talabalarni jalb etish, sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun texnologik sharoitlarni yaratish yuzasidan fikrlar almashinildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan zarur texnik qurilmalarni homiylik va beg‘araz yordam asosida ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan kelishib olishdi. Bu orqali kompaniya Farg‘ona davlat universiteti jamoasi hamda talaba yoshlarining sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilishiga juda katta hissa qo‘shgan bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lumot uchun, “ACWA Power” kompaniyasi energiya transformatsiyasi va qayta tiklanadigan energiya hamdayashil vodorod bozorida sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyoda energiya ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarning eng yirik ishlab chiquvchilari va investorlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda mintaqaning energetika landshaftiga katta hissa qo‘shmoqda.