Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILMIY – AMALIY KONFERENSIYA

15:25, 15.04.2025      

Yosh avlodning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, tabiat haqidagi bilim va intellektual salohiyatini oshirish, ona tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan yangi dastur va loyihalarni ishlab chiqish, tizimga tatbiq etish singari masalalar yuzasidan Farg’ona davlat universitetning Tabiiy fanlar fakultetida “Ekologik bilimlar kuni” doirasida "Ekologik ta'lim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Anjumanni universitet rahbariyati vakillari tabrik so’zi bilan ochib berdilar va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladilar.

Xususan, konferensiyada Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi raisi – Gaipov Xayrullo Lutpillayevich;

  • -Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi a’zosi – Ibragimova Mavluda Qahramonovna “Ekologik madaniyatni shakllantirishning huquqiy asoslari”;
  • -Farg’ona davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, geografiya fanlari doktori, professor – Ahmadaliyev Yusufjon Ismoilovich – “Ekologik muammolar yechimida etnoekologik yondoshuvning o’rni va ahamiyati;
  • - “Mirzo Ulug'bek” nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Ekologiya kafedrasi dotsenti – Qo’chqorov Nurbek Yuldashevich – XXI asr yirik ekologik muammolarini hal etishda yangicha nigoh haqida”;
  • -“Nizomiy” nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Botanika va ekologiya kafedrasi dotsenti, Geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori – Yakubjanova Shohsanam Toshkanboyevna – “Ekologiya ta’limida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirish to’g’risida”;
  • -Farg’ona viloyati ekologiya boshqarmasining O’rmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish hamda “Yashil makon” loyihasini tashkillantirish sho’basi boshlig’i- Alisherov Jamshidbek Yuldashali o’g’li- “Ekologik ta’lim bu aholining ekologik madaniyati va ekologik barqarorlik omili to’g’risida”;
  • -Botanika instituti, "O'zbekiston florasi" laboratoriyasi xodimi – Jo'rayev Zuhriddin – “Havo ifloslanishi va uning inson salomatligiga ta’siri: ta’lim orqali ekologik ongni shakllantirish yo’llari” kabi ilmiy ma’ruzalar ishtirokchilar markazida bo’ldi. Anjuman so’nggida kunning dolzarb masalasi yuzasidan qilingan ma’ruzalar qizg’in muhokamalarga sabab bo’ldi.

Shuningdek, konferensiyaga tashrif buyurgan soha mutaxassislariuniversitetning "Qatag'on qurbonlari" muzeyida bo'ldilar va oliygohning salkam bir asrga teng tarixi bilan yaqindan tanishdilar.